DIPLOMATIK KORPUS

DIPLOMATIK KORPUS — keng ma‘noda – muayyan mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalarning barcha diplomatik xodimlari (oila a‘zolari bilan); tor ma‘noda – faqat diplomatik vakolatxonalar boshliqlari. Diplomatik korpus yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan siyosiy uyushma, tashkilot emas.