DIPLOMATIK KURER

DIPLOMATIK KURER — tashqi ishlar vazirligidagi maxsus mansabdor shaxs. Diplomatik pochta vakolatxonalarga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Diplomatik kurer va u olib boradigan pochta daxlsizdir. Diplomatik kurer ushlanishi, qamab qo’yilishi yoki tintuv qilinishi mumkin emas. Diplomatik kurer chet el hududidan o’tib borayotganida mazkur mamlakat hukumati uning daxlsizligini ta‘minlashga majburdir.