DISKONT

DISKONT (inglizcha discount — chegirma, lotincha computare — hisobga olmoq) — 1) qimmatli qog’ozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali yoki uni qaytarib sotib olishdagi narxi o’rtasidagi farq (masalan, nominali 1000 so’m belgilangan aktsiya birjada 950 so’mga sotib olingan, Diskont 1000-950=50 so’mga teng); 2) valyutaning forvard kursi (bitim tuzilgan paytda belgilangan, lekin pul to’lovi keyinchalik amalga oshiriladigan valyuta kursi) bilan uning ayni paytda naqd to’lovi amalga oshiriladigan kursi o’rtasidagi farq (masalan, dollarning forvard kursi yarim yildan so’ng 100 so’m bo’ladigan bo’lsa, uning ayni paytdagi kursi 90 so’m, Diskont 100-90=10 so’m bo’ladi); 3) tovarning turli muddatlarda etkazib berilishi bilan bog’liq narxlari o’rtasidagi farq (masalan, kompyuterning ikki oydan keyin sotiladigan narxi 2 million so’m bo’lsa, uchinchi oyda uning narxi 1,9 million so’m bo’lishi mumkin (Diskont 2-1,9=0,1 million so’mga teng); 4) ishlab chiqarilgan tovar sifatining mavjud me’yorlar yoki shartno-maga muvofiq kelmasligi natijasida tovar narxining pasayishi (narxdan tashlama); 5) banklar tomonidan vekselni muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (veksel hisobi); 6) vekselni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan foiz.