DISKO

DISKO – 1) 1970-yillar o’rtasida AQSh va bir qancha Yevropa mamlakatlarida qaror topgan ommabop musiqa uslubi. Diskoga raqsbop, sur’ati o’rtacha tez, ohanglari kuychan, shaklan sodda namunalar xosdir. Diskoning taniqli ijrochilari: «Boney M», «Silver Conventions» (Germaniya), Geynor, Dayana Ross, Dana Sammer (AQSh) va boshqalar. 1970-yillar oxiridan Disko uslubi Sharqda, jumladan O’zbekistonda diskotekalarda, keyinchalik estrada va telekinomusiqasida odat tusini olmoqda; 2) zamonaviy ommabop musiqaning asosiy usullaridan biri bo’lib, barcha elektron musiqa cholg’ulari (ritm-boks, orkestrator va boshqalar) ning kompyuter dasturlariga kiritilgan.