DISKRIMINATSIYA

DISKRIMINATSIYA (lot. diskriminatio – farqlash) — davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlarining (boshqa davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlariga nisbatan) cheklanishi. Demokratik davlatlarning ichki qonunlarida hamda xalqaro huquqda Diskriminatsiyaning barcha shakllari, jumladan, fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yo’l qo’yish taqiqlanadi.