DISTILLASH
DISTILLASH (lotincha disstillatio — tomchilab oqish), distillanish, haydash — suyuqliklarni bug’latib, sof komponentlarga yoki har xil tarkibli fraktsiyalarga ajratish, tozalash. Buning uchun komponentlarga ajratiladigan suyuklik qizdiriladi va undan ajralib chiqayotgan bug’ kondensatlanadi. Tarkibi va qaynash temperaturalari o’zgarmasdan haydaladigan eritmalarni Distillash usuli (azeotrop distillanish) ham bor. Metallurgiyada rudalar yoki ularning kontsentratlaridan rangli metallarni avval bug’lantirib (yuqori temperatuada qaytarib), keyin kondensatlab ajratib olish ham Distillash deyiladi. Distillash neftni fraktsiyalarga ajratish, spirtni tozalash, yog’ni eritmadan ajratib olishda va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi.