Divergensiya

Divergensiya, chetlashish, farqlanish – evolutsiya davomida umumiy bir ajdoddan tarqalgan organizm belgilarining farq qila borib, bir-biridan uzoqlashishi. Turli sharoitda yashash уа tabiiy tanlanishning har xil yo’nalishda borishi natijasidir. Fanga Ch. Darvin kiritgan. Asosan tabiatdagi biologik turlarning, hayvon zotlari уа o’simlik navlarining turli-tumanligini tushuntirish uchun qo’llaniladi.