Dodxoh qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Dodxoh qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Buxoro rayonida. Toponimga amirlikdagi mansab nom asos bo’lgan. Dodxoh ma’lum mansab nomi bo’lib, bir necha ma’noda qo’llanilgan: a) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) Buxoro arzchilar shikoyatini amirga yetkazib javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor; v) Qozixona ishlari ustidan nazorat qilib turuvchi amaldor, raisi kalon. Qo’qonda bunday kishilar xudaychi (ad’yutant) deb ham yuritilgan. Bunday amaldorlarga qarashli yoki ular yashagan joylar shu mansab nomi bilan atalgan.


