Do’l

Do`l – muz donalari ko`rininishidagi yog`in. Yilning iliq vaqtlarida yomg`irli to`p-to`p bulutlardan yog`adi. Kattaligi 15-20 sm gacha yetadi. Odatda, momaqaldiroq bo`lib turgan paytda jala bilan birga yog`adi. Do`l kuchli konvektiv oqimlar natijasida bulutlarning o`ta sovishi tufayli ayrim tomchilarning muzlashidan vujudga keladi. Muzlagan tomchilar ustiga boshqa tomchilar yopishib muzlashi natijasida do`l donalari yiriklashadi. Do`l xalq xo`jaligiga katta ziyon keltiradi: ekinlarni, tokzorlarni, bog`, chorva mollarini nobud qiladi. Do`lga qarshi kurashish uchun bulutlarga raketalar yoki snaryadlar yordamida maxsus reagent (odatda, qo`rg`oshin yodid, kumush yodid kukuni) yuboriladi.