DOM
DOM — biror jonivor (qush, hayvon)ni tirik tutish maqsadida qo’yilgan tuzoq, to’r, qopqon. Turli usul va shakllarda yasaladi. Mayna, sa’va kabi qushlarni tirik tutish uchun maxsus qafaslardan foydalaniladi, qashqir, tulki, kiyik kabi hayvonlar uchun qopqon qo’yiladi, xavfliroq hayvonlar uchun esa chuqur qaziladi.
DOM — qadimgi hind og’irlik o’lchov birligi; Akbarshoh (16-asr oxiri) davrida 1 Dom — 20,963 gramm bo’lgan.