Donli ekinlar
Donli ekinlar – eng muhim g`alla ekinlari, asosiy oziq-ovqat mahsuloti, chorva mollari uchun yem, shuningdek qog`oz sanoati uchun xomashyo beradi. Barcha ekinlar ichida maydoni va yalpi mahsuloti jihatidan birinchi o`rinda turadi. Donining tarkibi va mahsuloti iste’mol qilinishi jihatidan uch guruhga: g`alla (don) ekinlari, don-dukkakli va moyli don ekinlariga bo`linadi. MDHda bug`doy, javdar, arpa, so`li, makkajuxori, sholi, tariq ayniqsa ko`p ekiladi. Donli ekinlar rivojlanishi va o`suv davrining uzun-qissaligi jihatidan kuzgi va bahorgi ekinlarga bo`linadi.