DO’NON

DO’NON — uch yoshga to’lib, to’rt yoshga o’tgan ot yoki tuya. Do’nonlik davri, asosan, hayvonning tishiga va boshqa belgilariga qarab aniqlanadi. Masalan, Do’non Otning hamma sut tishlari o’rniga doimiy tishlar chiqadi. Yoli, dumi, tuyoqlari o’sgan bo’lib, ko’rinishi katta yoshdagi otlarga o’xshaydi, jinsiy voyaga yetadi, naslchilik ishlarida foydalanila boshlaydi.