DORILFUNUN

DORILFUNUN (arab.) — Yaqin Sharq mamlakatlaridagi o’quv yurtlarining nomi. Ba‘zi mamlakatlar (masalan, Eron) da o’rta o’quv yurti, boshqa ayrim mamlakatlar (masalan Turkiya)da esa oliy o’quv yurti (universitet) ma‘nosida qo’llaniladi. 1920-1930 – yillarda O’rta Osiyoda ham universitet ma‘nosida ishlatilgan.