DO’RMONTEPA

DO’RMONTEPA — qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 3-asr— 13-asr boshi). Samarqanddan 2 farsax (12-14 kilometr) narida, Pastdarg’om tumanida. Umumiy maydoni 25 gektar. Ikki qism — Shahriston I (Ark bilan birga) va Shahriston II dan iborat. Shahriston I ning maydoni 16 gektar, Shahriston II niki 6 gektar bo’lib, Ark tarhi 115×110 metrni tashkil etadi. Do’rmontepa Samarqandni Buxoro bilan bog’lagan Buyuk ipak yo’lida joylashgan va savdo karvonlari uchun muhim qo’nimgoh vazifasini o’tagan. Tarixchi va arxeologlar uni o’rta asr yozma manbalarida qayd etilgan Xoxsar (yoqut alhamaviy asarlarida — Al-Xoxasro) deb qisoblashadi. Do’rmontepa 13-asr boshida mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan.