DRENAJ OQIMI

DRENAJ OQIMI — muayyan vaqt davomida melioratsiyalanadigan maydondan kollektor-drenaj tarmog’i (yoki uning qismlari) orqali chiqarib yuboriladigan suv hajmi (yoki sarfi); l/s, m3/s, m3/ ga b-n (oy, yil va boshqalar uchun) ifodalanadi. Drenaj oqimi miqdori gruntning suv o’tkazish imkoniyati, maydonni drenajlash darajasi, kollektor-drenaj tarmog’i chuqurligi, grunt suvlarining to’yinish sharoiti, drenaj: oqimi moduli mikdori va boshqa omillarga bog’liq. Sug’orma dehqonchilik zonalari uchun yerlarning qulay meliorativ holatini ta’minlovchi Drenaj oqimi miqdori sug’orishga berilgan suvning 15-35% ini yoki yiliga 1,5—10,0 m3/ga ni tashkil etadi. Drenajni loyihalashda Drenaj oqimi turli usullar bilan aniqlanadi. O’rtacha yillik va o’rtacha oylik Drenaj oqimi miqdori suv balansi hisoblari asosida topiladi. Ishlab turgan kollektor-drenaj tarmog’i tizimlarida Drenaj oqimi gidrometrik postlarda suv sarfini o’lchab yoki oqim moduli miqdorini topish maqsadida uning ayrim elementlari ishini o’rganish yo’li bilan aniqlanadi.