DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI

DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI — rangtasvir asarlari to’plangan jahonning yirik muzeylaridan. Drezden shahri (Germaniya) da. 1560 yilda saroy to’plami tarzida asos solingan. 1722 yilda kengaytirilib, omma uchun ochilgan, maxsus qurilgan (1847-56) binoda joylashgan. 2-jahon urushi davrida muzey binosi vayron bo’lgan, san’at asarlarining bir qismi shikastlangan. 1956 yilda muzey qayta tiklangan binosida ishga tushiriddi. Drezden kartinalar galereyasida nodir san’at asarlarining asl nusxalari, keksa san’atkorlardan Ya. Van Eyk, Jorjone, Rafael, Tisian, Korrejo, Veroneze, A. Dyurer, P. P. Rubens, Rembrandt, D. Velaskes, N. Pussen va boshqalar, 19-20-asrlardagi badiiy maktablar namoyandalari asarlari va boshqa nodir badiiy buyumlar saqlanadi.