DROBOV VASILIY PETROVICH
DROBOV VASILIY PETROVICH (1885.30.7 — 1956.27.8, Toshkent) — botanik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945), biologiya fanlari nomzodi (1938), professor (1920), 1918 yilda O’rta Osiyo universitetini tashkil etishda qatnashgan. Universitet (1920-30) va Toshkent qishloq xo’jalik instituti botanika kafedrasining mudiri (1930-56). O’rta Osiyo bo’ylab o’tkazilgan ko’p ekspeditsiyalarda qatnashgan. O’rta Osiyo, ayniqsa, O’zbekiston qumloklari, qum va to’qay o’simliklarining genezisini va dinamikasini aniqlagan. 82 yangi o’simlik turini topgan. «O’zbekistan florasi»ni tuzishda ishtirok etgan.