DUCHAVA

DUCHAVA, Ducho’ba (fors— ikki cho’p) — 1) an’anaviy o’zbek nog’ora va doira usullaridan. Ayrim turlarini usta Olim Komilovdan Ilyos Akbarov notaga yozib olgan. «Katta o’yin» raqslar turkumidagi asosiy raqslardan bo’lib, unda nog’ora cho’plari dambadam urilgani uchun shu nomni olgan; 2) dorbozlar o’yinlari jo’rligida foydalaniladigan kuy va usul; 3) «Shodiyona» usullar turkumining 9-qismi; 4) surnay yo’llaridagi albat qismlaridan biri; 5) o’zbek xalq ashulalaridan (Duchava usulidan ijodiy foydalangan holda, Hamid Olimjon she’ri bilan O. Alimahsumov va boshqalar aytadigan «na bo’lg’ay…»mashhur).