Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Irland dengizida joylashgan Men oroli gʻayrioddiy menks turidagi mushuklarning vatani hisoblanadi. Mushuklarning oʻziga xosligi shundaki, ularning dumlari juda kichik yoki umuman boʻlmaydi. Keng tarqalgan fikrga koʻra, menkslar mushuk va quyonning chatishuvidan paydo boʻlgan. Ammo bu fikr xato — ular genetik mutatsiya natijasida dumlarini yoʻqotgan.

Taʼkidlanishicha, mushukning dumsiz ekani uning muvozanatni saqlash qobiliyatiga umuman xalal bermas ekan.

Fikr bildirish