DUNGAN TILI

DUNGAN TILI — dunganlar tili. Sino-Tibet tili oilasiga mansub. Bu til vakillari Shinjon viloyati (Xitoy) va Markaziy Osiyoda (asosan Qirg’izistonda, qisman Qozog’iston va O’zbekistonda) istiqomat qiladi. Dungan tilida taxminan 70 mingdan ortiq kishi so’zlashadi (1990 yillar o’rtalari). Dungan tili tarkibida turkiy, Arab, fors tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar ko’p. Yozuvi kirill alifbosi asosida.