Dunimsar

Dunimsar (forscha)-1) og’irlik o’lchov birligi; qiymati 1 manning 1/16 ulushiga teng. O’rta Osiyoda keng qo’llangan. Og’irlik o’lchov birligi manning ulushli qiymati ishlatilgan va joyiga qarab har xil bo’lgani uchun, Dunimsarning qiymati ham har xil bo’lgan. Buxoroda 2,5 istor ham Dunimsar deb yuritilib, 54 grammga teng bo’lgan (1 Dunimsar=2,5 istor=2,5-21,6 gramm=54 gramm). Buxoroning 25,6 kilogrammli mani bo’yicha 1 Dunimsar=1,6 kilogramm bo’lgan. XIX asrda katta Dunimsar katta (16 pudli) manning 1/16 ulushi, ya’ni 16,38 kilogramm bo’lgan va 1 pud deb, kichik Dunimsar kichik (8 pudli) manning 1/16 ulushi, ya’ni 8,19 kilogramm bo’lgan va 0,5 pud deb yuritilgan. Dunimsar Toshkent, Farg’ona, Xo’jand va boshqa viloyatlarda qariyb qo’llanilmagan; 2) bug’doy ekiladigan yer maydonini ham taxminan belgilashda qo’llanilgan birlik; 1 Dunimsar bug’doy ekiladigan yer maydoni 1 Dunimsar maydon hisoblanadi.