DUNYO

DUNYO — 1) barcha materiya shakllarining bir butun majmui, yer kurrasi va undagi barcha mavjudot; 2) moddiy boyliklar majmui; 3) ma’lum bir ijtimoiy tuzumga, o’ziga xos madaniy, ijtimoiytarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan kishilik jamiyati (masalan, qadimgi Dunyo); 4) diniy tasavvurlarda erdagi va oxiratdagi hayot (bu Dunyo, u Dunyo). Ilmiy qarashlar bo’yicha Dunyo moddiy va ma’naviy Dunyoga ajratiladi.

DUNYO (biologiyada) — organizmlar sistemasit eng yuqori taksonomik kategoriya.