DUNYO VAQTI

DUNYO VAQTI — boshlang’ich meridianning o’rtacha Quyosh vaqti. Boshlang’ich meridian qilib shartli ravishda Grinvich (Buyuk Britaniya) rasadxonasidagi meridian olinadi. Dunyo vaqti yarim tundan hisoblanadi va Toshkent vaqtidan 5 soat kech bo’ladi (masalan, Toshkentda soat 17 bo’lganda Dunyo vaqti 12 bo’ladi). Astronomik yillik jurnal va taqvimlarda astronomik hodisalarning yuz beradigan payti Dunyo vaqtida beriladi.