Ilonlarning 2000 dan oshiq turi bor. Bu jonivorlar odamlarda g’oyat salbiy tuyg’ular uyg’otganki, natijada ular haqida juda ko’p xato fikrlar yuzaga kelgan. Gohida ulkan, 18— 21 metr keladigan qo’rqinchlilari ham bor deb gapirishadi. To’g’risini aytganda, ilonlar hech qachon bu qadar uzun bo’lmaydi. Eng katta ilon shoh pitonidir, uning bo’yi 10 metrga yaqin keladi. (Buni yorqin tasavvur etishingiz uchun shu o’rinda xonangiz bo’yini o’lchab ko’ring!) Ular Malakka yarim orolida, Birma, Hindixitoy va Filippin orollarida yashaydi. Janubiy Amerika tropiklarida yashaydigan anakonda kattaligi jihatdan ikkinchi o’rinda turadi. Uning bo’yi 7 metr chiqadi. Buni hech qachon qisqa, deya olmaysiz. Keyingisi Hindiston va Malakka yarim orolida kun kechiradigan hamda bo’yi 6-7 metr keladigan hind pitonidir. Afrika qoya pitonining bo’yi ham taxminan shuncha keladi. Avstraliya va yangi Gvineyada yashaydigan olmos piton 6,5 metrgacha o’sadi. Ana endi biz ba’zi sabablarga ko’ra, odamlar dunyodagi eng uzun ilon, deb hisoblaydigan ilon haqida to’xtalamiz. Bu — bo’g’ma ilon, afsuski uning bo’yi ba’zo’r 5 metrga yetadi. U Meksika janubida, Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi. Shoh ilonlar oilasidan bo’lgan ko’zoynakli ilon 5,5 metrgacha o’sishi mumkin. Xo’sh, Qo’shma Shtatlarda yashaydigan ilonlarning eng uzuni qaysi? Bu, albatta, sharqiy olmos shaqildoq ilonidir. Uning bo’yi 2 metr keladi. AQShda yashaydigan boshqa ilonlarning ham bo’yi nari borsa 2 metrga yetishi mumkin. Aytgancha, garchi shoh pitoni ilonlar orasida eng uzuni bo’lgani bilan og’ir emas. Anakonda 160 kilogramm tosh bosishi mumkin, bu eng og’ir pitondan ham 45 kilogramm ko’pdir. Zaharli ilonlar orasida eng uzuni ko’zoynakli shoh ilon bo’lsa, eng og’iri olmos shaqildoq ilondir.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

