Dunyodagi eng sergak jonivorlar qushlardir! Burgutlar, qirg’iylar, lochinlar, kalxatlar va boshqa yirtqich qushlar odamdan sakkiz baravar yaxshi ko’radi. Bundan tashqari ular nafaqat uzoqni, balki mayda narsalarni ham ko’ra oladi. Qushlarning ko’z soqqasi boshiga nisbatan katta. U teri doirasi pardasiga yashiringan va uchta qovog’i bilan yopiladi. Ikkita qovog’i odamlarnikiga o’xshaydi, uchinchisi esa yorqin qovoq, ya’ni ochilib-yopiladigan yupqa pardadir, u mashinalar oynasini tozalovchi moslama kabi ishlaydi va ko’zning muguz pardasini tozalab, namlab turadi. Qushlarning ko’zi barcha hayvonlarnikidan bardoshlidir. Qushlarga nafaqat atrofda parvoz qilish sharoitini diqqat bilan kuzatish, balki, masalan, qaldirg’ochlar va jarqaldirg’ochlar pashshalarni tumshug’ining oldida tutib olgani kabi nigohini bir lahzada olisdagi narsalardan yaqindagi narsalarga «moslay olish» ham muhimdir.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

