DUNYOVIY CHIZIQ

DUNYOVIY CHIZIQ – nisbiylik nazariyasida to’rt o’lchovli fazoda moddiy zarraning harakati traektoriyasini ifodalovchi chiziq. To’rt o’lchovli fazo koordinatalari (x, u, z) ga vaqt koordinatasi (?) ham qo’shiladi. To’rt o’lchovli fazoda har qanday zarra harakatini o’ziga mos Dunyoviy chiziq bilan solishtirish mumkin. Bu chiziqda yotgan nuqta (dunyoviy nuqta) vaqt oralig’ida zarra harakati koordinatasini ifodalaydi. Xususiy holda zarraning tekis va to’g’ri chiziqli harakatiga to’g’ri Dunyoviy chiziq mos keladi. Dunyoviy chiziq tushunchasidan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasida keng foydalaniladi.