Dyakon

Dyakon (yunoncha diakonos-xizmatchi)-pravoslav cherkovida darajasi bo’yicha 3-o’rinda turuvchi ruhoniy. Xristianlikning ilk davrlarida diniy jamoaning xo’jalik ishlarini yuritish uchun saylangan shaxs bo’lgan. Keyinroq, yepiskoplarning paydo bo’lishi bilan ular va papalik o’rtasidagi vositachiga aylangan. Yeparxiyani boshqarishda yordamchi bo’lgan.