DYULONG VA PTI QONUNI

DYULONG VA PTI QONUNI – qattiq jismning issiqlik sig’imi o’zgarmas hajmda temperaturaga bog’liq emas va u taxminan 6 kal/(mol-K) yoki 25,12 J/(mol-K) ga teng ekanligi haqidagi empirik qoida. 1819 yilda frantsuz fiziklari P. Dyulong (1785-1838) va A. Pti (1791-1820) topgan. Dyulong va pti qonuni ko’pgina kimyoviy elementlar va oddiy birikmalar uchun xona temperaturasida o’rinli.