DYUNA

DYUNA (nemischa Dune) — shamol to’plagan qum tepalari. Dengiz, daryo, ko’llarning to’ziydigan qumli sohillarida paydo bo’ladi. Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya (8-20°), shamolga ters tomoni tik (30-40°) bo’ladi. Balandligi 10— 30 metr, ba’zan 100 metrga yetadi. Dyuna shamol ta’sirida yiliga bir necha metr siljib turishi mumkin. G’arb adabiyotida har qanday qum uyumi, iqlim sharoiti va shaklidan qat’i nazar, Dyuna deb ataladi. Rossiya Federatsiyasida cho’ldan boshqa yerlar (dengiz, ko’l, daryo qirg’oqlari, zandr dalalari) dagi qum uyumlari Dyuna deyiladi. Shamolga ro’para tomoni uzun va oldidagi tik tomoni do’mboq bo’lishi bilan Dyuna cho’ldagi barxanyaatdan farq qiladi.