ECHKEMARSIMONLAR

ECHKEMARSIMONLAR — kaltakesaklar kenja turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. Hozir yashab turgan bir urug’i (Uagapsh) mavjud. Tanasi cho’ziq, oyoqlari yaxshi rivojlangan, dumi ko’pchilik turlarida yon tomondan siqilgan. Boshi mayda qalqonchalar bilan qoplangan; tanasidagi tangachalar yumaloq, botiq. Tili uzun, uchi ikki ayrili. 24 turi bor. Sharqiy yarim shardagi tropik, subtropik va qisman mo’tadil mintaqalarda tarqalgan. Madagaskarda uchramaydi. Odatda, ochiq yerlarda, daryo va boshqalar chuchuk suv havzalari qirg’og’ida yashaydi; yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Tez yuguradi. Echkemarsimonlar — eng yirik kaltakesaklar, uzunligi 0,8—3 metr. Pleyston davrida yashagan qazilma ajdodlarining uzunligi 10 metrgacha bo’lgan. Hozirgi Echkemarsimonlardan eng yirigi — Ko1od oroli echkemarining uzunligi 3 metrga yetadi. Echkemarsimonlar — yirtqich. Kaltakesaklar, ilonlar, mayda sut emizuvchilar, suvda yashaydiganlari esa, asosan, baqalar, baliqlar, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar hayvonlar bilan oziqlanadi. Kulrang Echkemarsimonlar cho’llarda yashaydi; Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston va Qozog’istonning Janub qismida tarqalgan. Uzunligi 1,5 metrgacha. Boshqa hayvonlarning inlarida yashaydi, kamdan-kam o’zi in qaziydi. Uch yoshida jinsiy etiladi. Urg’ochisi 10-23 ta tuxum qo’yadi. O’zbekiston Respublikasi va O’rta Osiyo davlatlari qizil kitobiga kiritilgan.