ECHKIEMAR

ECHKIEMAR — xalq selektsiyasida chi. qarilgan o’rtapishar xo’raki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha, besh bo’lmali, kertiklari yuza, chetlari arra tishli. Guli funktsional urg’ochi. Uzum boshi yirik (bo’yi 30 santimetrgacha), o’rtacha og’irligi 450 gramm, g’ujumi yirik, cho’zinchoq oval, to’q qizil, eti tig’iz, sershira, tarkibida qand miqdori 20%, nordonligi 3,8— 4,5%, qarsillaydi, po’sti yupqa, hosili faol harorat yig’indisi 3400-3800° da 135 kunda, avgustning 2-yarmida yetiladi. Hosildorligi 100-120 ts/ga. Antraknoz va rag’a kasalligiga chidamli. Novdalari uzun qoldirib, ko’proq ishkom yoki voishlarda o’stiriladi. Uzumi yangiligida yeyiladi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ko’proq ekiladi.