EDELMAN JERALD MORIS
EDELMAN JERALD MORIS (1929.1.7, Nyu-York) AQSh biokimyogari. Amerika fan va san’at akademiyasi hamda Nyu-York akademiyasi a’zosi. Ursinus kollejini tugatgan (1950), tibbiyot fanlari Doktori (1954). 1957 yildan Rokfeller tibbiyot tadqiqotlar institutida professor (1966). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar (antitelolar)ning birlamchi va uchlamchi strukturalarini o’rganishga oid. Hujayralar va antitelolarni fraktsiyalarga ajratish, oqsillarni fluoressent spektroskopiya qilish usullarini ishlab chiqqan. Ushbu usullar yordamida immunoglobulinlarning molekulalari to’rtta polinukleotid zanjirdan iborat ekanligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1972; R. R. Porter bilan hamkorlikda).