EDELVAYS
EDELVAYS — murakkabgullilar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi; manzarali tog’guli. Vatani — Yevropa, Xitoy, Yaponiya va Sibirda ham uchraydi. Alp tog’larining ohaktoshli qoyalarida, dengiz sathidan 1700-2300 metr balandlikda Alp Edelvaysi, Sibirda Sibir Edelvaysi, Himolay tog’larida Himolay Edelvaysi o’sadi. Edelvays poyasining hamma qismi oppoqtuklar bilan qoplangan. Savatchasi tukli qoplovchi tangacha barglar bilan o’ralgan, yulduzsimon murakkab to’pgul hosil qiladi. Edelvays iyul, avgustda gullaydi. Sibir va Himolay Edelvayslari sovuqqa chidamli. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi.