EFIOSIYA TOG’LIGI
EFIOSIYA TOG’LIGI — Afrikaning shimoliy Sharqiy qismidagi tog’lik, asosan, Efiopiya hududida. Balandligi 2000— 3000 metr, eng baland joyi 4623 metr (Rasdashan tog’i). Efiosiya tog’ligining Sharqiy yon bag’ri unga tutash tekislikka tik tushgan, g’arbiy yon bag’ri esa zinapoyasimon pasayib boradi. Efiosiya tog’ligining asosini yuzasi qumtosh, bazaltli LAVA va ohaktoshlarning qalin qatlamlari bilan qoplangan tokembriy kristalli zamini tashkil etadi. Shimol qismi peneplenlashgan kristalli jinslardan tuzilgan, 15° shahrik. dan janubi zinapoyasimon bazaltli platodan iborat. G’arbiy va Janubiy g’arbiy yon bag’ri sernam (yillik yog’in 1500 millimetrgacha), sharqida yog’in 500 millimetrgacha. Efiosiya tog’ligidan Ko’k Nil, Atbara, Sobat, jubba daryolari boshlanadi. Landshaftida balandlik mintakalari mavjud. 1700 metrgacha kolla mintaqasida — shamolga ro’para yon bag’irlar tropik o’rmonlar va kofe plantasiyalari, shamolga teskari yon bag’irlar esa savannalardan, 2400 metrgacha bo’lgan voynadega mintaqasida savannalar, undan balanddagi dega mintaqasida (4000 metrgacha) igna bargli o’rmonlar, eng yuqorisi baland tog’-dasht o’simliklaridan iborat. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Efiosiya tog’ligida qadimdan dehqonchilik qilinadi, ko’pgina donli ekinlar (qattiq bug’doy, javdar, arpa)ning vatani.