EGAMBERDI OLLOMUROD O’G’LI

EGAMBERDI OLLOMUROD O’G’LI (1895 — hozirgi Xatirchi tumani Yonbosh qishloqi — 1970) — o’zbek xalq dostonchisi; dehqonbaxshi oilasida tug’ilgan. Otasi Ollomurod baxshidan dostonchilik yo’llarini o’rgangan. Uning vafotidan keyin 22 yoshidan boshlab xalq orasida dostonchilik qila boshlagan. O’z qishlog’ida muqim yashagan Egamberdi Ollomurod o’g’lidan «Alpomish», «Kuntug’mish», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Avazxon» kabi dostonlar yozib olingan. Bu dostonlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intini folklor arxivida saqlanadi. Ad.\Mirzaev T., «Alpomish» dostonining o’zbek variantlari, T., 1968.