EGEY
EGEY — yunon mifologiyasida Afina podshosi. Uning o’g’li Tesey Minotavr (yarim buqa, yarim inson shaklidagi mahluq) ni o’ldirib, shu bilan Afinani podsho Minosga to’laydigan sharmandali tovondan xalos qilish maqsadida Krit oroliga yo’l olgan. Egeyning u bilan kelishuviga ko’ra, Minotavr bilan bo’ladigan jangda Tesey g’olib chiqsa, uning kemasidagi qora elkanlar oq yelkanlarga almashtirilishi lozim bo’lgan. Biroq Tesey Minotavr ustidan g’olib chiqqach, yelkanlarni almashtirishni yodidan chiqarib qo’ygan; Egey qora elkanli kemani ko’rgach, qirg’oqdagi qoyadan o’zini dengizga tashlagan. Shundan beri dengiz Egey dengizi deb nom olgan (yunonlar dengiz nomini shunday izohlab kelishgan).