EGIRIN

EGIRIN (islandlar dengiz xudosi Egir nomidan) — piroksenlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi g4ag’e[81206]; kristallari prizmatik, yirik, ba’zan yupqa va ignasimon; yakka yoki shu’lasimon tolatola agregatlar hosil qiladi. Rangi yashildan qoramtiryashilgacha, ba’zan rangsiz. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 3,5—3,6 g/sm3. Egirin ishqorli jinslar va ular bilan bog’liq pegmatitlar hamda ishqorli metasomatoz zonalari uchun xos. Agpaitli nefelinlisienitlarda nefelin, ortoklaz, evdialit, apatit va boshqalar; ishqorli granitlarda albit, ribekitarfvedsonit, tsirkon; ishqorli metasomatoz zonalarida albit, gematit, piroxlorlar bilan birga uchraydi. O’zgaranda xlorit, gematit, limonitga aylanadi. Qurilishda bezak toshi sifatida foydalaniladi.