Ekranlashtirish nima?

San’atning boshqa turlari — adabiyot, opera yoki balet asarlari asosida yaratilgan kinoasarlarni ekranlashtirish deb atashadi. Ammo bu tushuncha ko’pincha aynan kino tilida qayta yaratilgan adabiy asarga oid bo’ladi. Avvalboshda adabiy syujetlar kinomatograf vositasida shunchaki bezaklanar edi. Ammo 1902 yilga kelib D. Defoning «Robinzon Kruzo»si va J. Svift «Gulliver»ining kinotalqinlari paydo bo’ldi. Rus kinosida ekranlashtirish tarixi 1910-yillardan boshlanadi, o’shanda «Rus oltin turkumi» — A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy, N. A. Nekrasov va boshqa adiblarning asarlari asosida bir qator filmlar yaratilgan edi. Taniqli rejissyor ya. Protazanov tomonidan yaratilgan «Dama qarg’a» (1916) va «Valine’mat Sergiy» ular orasida eng muvaffaqiyatli chiqqani sanaladi. Yirik adabiy asarni ekranda gavdalantirish vazifasi o’ta murakkab va mas’uliyatli edi. Shuning uchun ham hammaga tanish syujetlarni qayta hikoya qilib berishni havola etadigan «motiv asosida» suratga olish ko’p uchrab turadi. A’lo darajada ekranlashtirishning bosh fazilati — adabiy asliyatga (asl manbaga) hurmat, uning g’oyalari, uslubi va timsollari xususiyatlarini maksimal va mukammal berishdir. Mamlakatimiz va xorijning eng a’lo asar ekranlashtirishlari — «Gamlet» (G. M. Kozintsev, 1964), «Jinoyat vajazo» (L. Qulijonov, 1970), «Xo’rlanganlar» (J. Le Shanua, 1958) va Olivening Shekspir asarlari asosida suvratga olgan turkum filmlari.