EKSPONOMETR
EKSPONOMETR (lotincha exropo ko’rsataman va …metr) — fotografiyada — foto yoki kino suratga olishda, yo bo’lmasa, foto yoki kinonusxalar ko’chirishda ekspozitsiya (yorug’lik sezgir materialning yoritilganligi bilan uning yoritilish vaqti ko’paytmasi) ni aniqlash uchun mo’ljallangan qurilma. Ishlash tarziga ko’ra, jadvalli, optik (vizual) va fotoelektrik turlarga bo’linadi. Bularning ichida fotoelektrik Eksponometrlar keng ishlatiladi. Bunday Eksponometrlarning ishi fotosuratga yoki kinosuratga olish ob’ektining yorqinligi yoki yoritilganligini o’lchashga asoslangan. Ko’pchilik zamonaviy foto yoki kino suratga olish apparatlari ichki Eksponometrli qilib ishlab chiqariladi.