EKSSUDATIV KATARAL DIATEZ

EKSSUDATIV KATARAL DIATEZ — allergik holat. Asosan, yosh bolalarda uchraydi. Ekssudativ kataral diatezga chalingan bolaning terisi va shilliq qavatlari turli ta’sirotlarga hamda kataralyallig’lanish kasalliklariga moyil bo’lib qoladi. Bola organizmida moddalar almashinuvining buzilishi yoki ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari (mas, sut, tuxum, qulupnay, tsitrus mevalar, asal, shokolad) ni ko’tara olmaslik Ekssudativ kataral diatezga sabab bo’lishi mumkin. Ekssudativ kataral diatezi bor bolaning terisi chaqaloqligidayoq o’zgaradi; keyinroq, ya’ni bola ovqatga o’rgatilganda terisidagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinadi; 3-5 yoshda ancha kamayadi. Dastlab bolaning tizza bo’g’imlarida va qosh ravog’ida sarg’imtir, kepaklanib turadigan dog’lar paydo bo’ladi; bola to’g’ri parvarish qilingan bo’lsa ham terisi suvchirab turadi; bola 1,5—2 oylik bo’lgach, yuzi qizarib, qasmoqlanadi; og’irroq hollarda qasmoq qo’payib, tuguntugun bo’lib qoladi. Ekssudativ kataral diatezli bola o’tkir respirator kasalliklar, tumov, angina, bronxit va boshqalar kasalliklarga tez chalinadi, ularda ko’z shilliq pardasining yallig’lanishi, o’rta quloq yallig’lanishi kuzatiladi, tez-tez ichi buzilib turadi. Bunday bolalar biror kasallik bilan og’rib tuzalganidan keyin anchagacha o’ziga kelolmay yuradi. Bola xomsemiz, rangpar bo’lib, qovoqlari shishadi, ishtahasi baland, ba’zi bolalarda bir oz pasayishi mumkin. Ularda infektsion kasalliklar bir qadar og’ir kechadi. Bolalar qichimasi (strofulyus), odatda, 2-3 yashar bolalarda uchraydi; tananing pastki qismi va oyoqlarga mayda tuguncha va toshmalar toshadi. Bunga ko’pincha shokolad, tuxum, sergo’sht ovqatlar iste’mol qilish sabab bo’ladi. Neyrodermit — bolalar ekzelvsining davomi bo’lib, odatda, 3 yashardan keyin uchraydi. Ko’proq Ekssudativ kataral diatezga chalingan bolalarda kuzatiladi. Taqim, tirsak, bukiladigan joy va yirik burmalar sohasi quruqshab sho’ralaidi, terisi dag’allashib qichishadi. Ekssudativ kataral diatezni vrach dayulaydi. O’z bilgicha davo qilish dardni ulg’aytirib yuborishi mumkin. Bolaga shokolad, tuxum, ikra, kakao va boshqalar kuchli ovqatlarni bermagan ma’qul. Terisi bichilishga moyil bolalarga vaqtvaqgi bilan vanna qilib turish (sodali va margansovkali) va bolalar kremi surtish tavsiya etiladi. Terisi yallig’lanib, suvchirab turadigan bolalarga vannadan tashqari muolajalarni, xususan, dorilarni vrach maslahati bilan berish mumkin. Ekssudativ kataral diatezning oldini olishda homilador va emizikli ayollarning to’g’ri ovqatlanishi, homiladorlik toksikozlarini vaqtida davolatishi ayniqsa muhim. Ekssudativ kataral diatezga moyil bolalar ovqati o’ziga xos tuziladi.