Ekvator

Ekvator– yerning aylanish o`qiga perpindikulyar bo`lgan va har ikkala qutbdan teng masofada jo`ylashgan katta aylana chizig`i. Ekvator (lotincha ekuator – tenglashtiruvchi, tengkunlik chiziq) – Yer yuzasida qutblardan barobar uzoqlikdan o`tkazilgan katta aylanma chiziq. Ekvator Yer sharini ikki yarim sharga – shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo`ladi. Geografik kengliklar ekvatordan hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy ma’lumotiga ko`ra) 40 075696 m, 1 daraja yoyining uzunligi 111321,4 m. Ekvatorda kecha bilan kunduz doimo teng bo`ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta – 21-mart va 23-sentyabrda zenitdan o`tadi.