EKVIVALENT TENGLAMA
EKVIVALENT TENGLAMA, teng kuchli tenglama — ildizlari berilgan tenglama ildizlari to’plami (har bir ildizning karraligi ham) bilan bir xil bo’lgan tenglama. Tenglamaning ikki tomoniga bir xil qo’phad qo’shilsa yoki ikki tomoni noldan farqli biror songa ko’paytirilsa, berilgan tenglamaga Ekvivalent tenglama hosil bo’ladi. Tenglamaning ikki tomonini ko’phadga ko’paytirib eki bo’lib hosil qilingan tenglama, berilgan tenglamaga ekvivalent bo’lmaydi.