ELEKTR O’TKAZGICHLAR
ELEKTR O’TKAZGICHLAR — elektr o’tkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi o’tkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 Omsm) bo’lgan moddalar. Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014-1022 Omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan o’tkazgichlar o’rtasidagi moddalar esa yarimo’tkazgichlar deyiladi. Elektr o’tkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Ko’pgina metallar va ba’zi yarimo’tkazgichlar past trada o’ta o’tkazuvchan (elektr o’tkazish qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga o’tadi.