ELEKTROANALIZ

ELEKTROANALIZ (elektro… va Yunoncha — ajratish), elektrogravimetrik analiz — doimiy elektr toki ta’sirida tekshirilayotgan eritmaga tushirilgan elektrodlarda yig’ilgan metallar (yoki ular oksidlari)ning massalarini aniq o’lchashga asoslangan fizik-kimyoviy miqdoriy analiz usuli. Elektroanaliz bir eritmadagi ba’zi juft metallarni ajratib aniqlash imkonini beradi.