ELEKTROD

ELEKTROD (elektro… va Yunoncha poyok — yo’l) — 1) payvandlash elektrodi — payvandlash, eritish yoki kesib tushirish vaqtida detalga elektr toki beradigan element (plastinka, rolik yoki sterjen). Metall, kamdankam hollarda ko’mir sirtiga legirlovchi,, oksidlovchi va barqarorlovchi kimyoviy modda qoplab tayyorlanadi. Elektrodning eriydigan, erimaydigan (volfram va uglerodli po’lat sterjenlar) va kontakt payvand uchun mo’ljallangan turlari bor. Metall Elektrod 0,3—12 millimetr diametrli qilib yasaladi; 2) pech elektrodi — yoy pechi konstruktsiyasining elementi; undan elektr toki pechning ish bo’shlig’iga uzatiladi. Ko’mir, grafit, metalldan tayyorlanadi; 3) galvanik Elektrod — ionli o’tkazgichga botirilgan element; elektron o’tkazgich hisoblanadi. Elektroliz vaqtida galvanik tok manbalari va boshqalarda ishlatiladi; 4) elektron asbob Elektrodi — plastinka, to’r, tsilindr va boshqalar shaklda yasaladi. Turli maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, katod, fotokatod kabi Elektrodlar elektronlar manbai hisoblanadi; to’rlar (boshqaruvchi, ekranlovchi, antidinatron) va elektron to’plar asbob ichida ish muhitida elektrodlar va ionlarning harakatini boshqarib turuvchi elektr maydonlar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Anod elektronlar kollektori hisoblanadi.