ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR

ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR — vaqt bo’yicha davriy o’zgaradigan elektromagnit maydon (o’zaro bog’langan E elektr va N magnit maydonlar)ning fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. O’zgaruvchi induktsiya oqimi uyurma elektr maydonni, u esa, o’z navbatida, uyurma magnit maydonni uyg’otadi. Tarqalayotgan elektromagnit maydon Elektromagnit to’lqinlar deyiladi. Elektromagnit to’lqinlar Ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, vakuumda s=3105 tezlik bilan tarqaladi. Elektromagnit to’lqinlar xossalariga u tarqalayotgan muhit sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Elektromagnit to’lqinlar boshqa ixtiyoriy to’lqinlar kabi sinishi, to’la ichki qaytishi, dispersiya, interferentsiya, difraktsiya hodisalariga uchrashi mumkin. Elektromagnit to’lqinlarning barcha xususiyatlari, ularning uyg’onish va tarqalish qonunlari Maksvell tenglamalari yordamida to’la tavsiflanadi.