ELEKTRON MUSIQA
ELEKTRON MUSIQA — 1) elektron musiqa cholg’ulari, ovoz yozish hamda ovoz taratish (magnitofon kabi) qurilmalari vositasi bilan yaratilgan musiqa asarlari. Kompozitorlik ijodida konkret musiqa, maxsus kompyuter dasturlari asosida ijod etilgan kompyuter musiqasi, kinofilm, spektakl va boshqalar uchun bastalagan amaliy Elektron musiqa kabi turlari ajratiladi. Ommabop musiqada 1970-yillardan rivoj topib, barcha elektr va elektron musiqa cholg’ularidan keng foydalanilgan cholg’u rok musiqa («brase», «tapbEppe Vgeat» va boshqalar ansambllar), koinot mavzusida, asosan, sintezator uchun yaratilgan musika («Rtk G’yuuo” ansambli, Jan Mishel jarr, Klaus Shultse va boshqalar), noaniq ritmlar, rivojlanmagan ohang parchalari, ko’p qatlamli, cho’ziq akkord va shovqinlarga asoslangan «embient» uslubi (Brayyan Eno va boshqalar), texnik qurilmalar tovushlarining taqlidlaridan foydalanilgan «texno» uslubi va boshqalar ajratiladi; 2) musiqiy avangardizm yo’nalishlaridan biri. Sun’iy (obertonparsmz) tonlarini elektron qurilmalari hamda maxsus kompyuter dastur (algoritm)lar yordamida qayta ishlashga asoslanadi. Asoschisi AQShda yashagan frantsuz kompozitori E. Varez (1883-1965) hisoblanadi («Ekvatorial» asari, 1934 va boshqalar). 1951 yil birinchi maxsus Elektron musiqa studiyalari Yevropa (Parij, P.Sheffer va ya.Ksenakis; Berlin, X.Eymert), keyinchalik, Amerika va Osiyo mamlakatlarida tashkil topgan, 1960-70-yillarda Elektron musiqaning milliy maktablari yuzaga kelgan (Germaniyada — K.Shtokxauzen; AQShda — M.Bebbit, R. Seshns; Yaponiyada — T.Mayudzumi, Misrda —X.aldabxa, Rossiyada — E.Artemev, E. Denisov, A.Shnitke; Italiyada — L.Berio, L.Nono; Polshada — K.Pendereskiy va boshqalar). 20-asrning so’nggi choragidan Elektron musiqa Italiya (mas, Florentsiya konservatoriyasi, 1970), AQSh, Yaponiya, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar mamlakatlar oliy o’quv yurtlarida o’qitiladi, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Polsha va Germaniyada umumta’lim tizimiga ham kiritilgan. Ad..Kogoutek Ts., Texnikakompozisii v muznke 20 veka, M., 1976