ELEKTRONOGRAFIYA

ELEKTRONOGRAFIYA (elektron va …grafiya) — moddalar strukturasini elektron asboblar yordamida o’rganish usuli. Tekshiriladigan namunaning tezlatilgan elektronlarni sochishini o’rganishga asoslangan. Kristallar, amorf jismlar va suyukliklarning atom strukturasini, gaz va bug’lardagi molekulalarni o’rganishda qo’llaniladi. Elektronlar difraktsiyasi (zarralar difraktsiyasi) Elektronografiyaning fizik asosi hisoblanadi; to’lqin xossasiga ega bo’lgan elektronlar moddadan o’tayotganda atomlar bilan o’zaro ta’sirlashadi, natijada alohida difraktsiyalanadigan dastalar hosil bo’ladi. Bu dastalarning intensivligi va fazoda taqsimlanishi namunaning atom strukturasi, o’lchamlari va boshqalarga qat’iy mos keladi. Elektronlarning moddada tarqalishi atdmlarning elektrostatik potentsiadlari bilan anikdanadi. Elektronografik tekshirish maxsus asboblar — elektronograf va electron mikroskoplarda bajariladi. Elektronografiya metallokristallistik holda bo’lgan ko’pgina moddalarning atom strukturalarini, texnikaning turli sohalarida foydalaniladigan yupqa kristallik parda strukturasining takomillashish darajasini o’rganishga imkon beradi.