ELEKTROSKOP
ELEKTROSKOP (elektr… va … skopiya) — elektr zaryadlarni sezadigan va ularning kattaliklarini taxminan aniqlaydigan oddiy asbob. Elektroskop bir uchiga 2 ta metall yaproqcha sharcha mahkamlangan sterjendan iborat. Sterjen shisha idish ichiga joylashtirilib, izolyasiyalovchi materialdan tayyorlangan tiqin yordamida mahkamlangan. Sharchaga zaryadlangan jism tekkanda zaryadning bir qismi yaproqchalarga o’tib, ular birbiridan itariladi; yaproqchalarning ochilish burchagi elektr zaryadi miqdoriga mutanosib bo’ladi. Yaproqchalarning ochilish burchagiga qarab jismning zaryadi haqida fikr yuritish mumkin.
O‘xshash so‘zlar
- ELEKTROSTAL
- ELEKTROSTATIKA
- ELEKTROTEXNIKA
- ELEKTROTEXNIKA PO’LATI
- ELEKTROTEXNIKA SANOATI
- ELEKTROVOZ
- ELEKTROXOD
- ELEMENT




