ELEKTROXOD

ELEKTROXOD — o’ziyurar kema. O’zidagi elektr stansiyadan, akkumulyatorlar batareyalaridan yoki tashqi kontakt tarmog’idan energiya olib ishlaydigan elektr dvigatellar bilan harakatga keladi. Elektroxod bosh elektr generatorini harakatga keltiruvchi dvigatellarning tipiga qarab, generatorlari turbinalar yordamida ishlaydigan turbinali (bug’li yoki gazli) va generatorlari ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydigan dizel Elektroxodlarga bo’linadi. Akkumulyatorlar bilan ishlaydigan Elektroxodlarga suv osti kemasi misol bo’la oladi. Elektroxod, asosan, muzyorar, shatakchi kemalar, paromlar sifatida ishlatiladi.